O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga safari doirasida Yangiyo‘l shahridagi «Fayzli» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Shu yerda Yangiyo‘l shahrinining Bosh rejasi loyihasi, shahardagi ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yangiyo‘l shahrida 86 ming 800 aholi istiqomat qiladi. 241 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.

Prezidentga taqdim qilingan loyihalarda shaharda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilash dasturi, Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarida suv ta’minotini yaxshilash, Chirchiq shahrining issiqlik tizimini takomillashtirish kabi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Davlat rahbari «Fayzli» mahallasi profilaktika inspektori uyida bo‘ldi.

Aholi bilan muloqot qildi.

Prezident Yangiyo‘l shahridagi mavjud ko‘p qavatli uylarni to‘liq ta’mirlash, 7 qavatli 12 ta yangi ko‘p qavatli uy-joy, zamonaviy bog‘, bozor, supermarket, ko‘prik qurish bo‘yicha mutassaddilarga topshiriq berdi.

Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.