«Olmaliq» futbol klubi jamoaning dastlabki nomi — AGMKga qaytishi to‘g‘risida e’lon qildi, deya xabar qildi. Jamoa 2004−2008 yillarda ushbu nom ostida faoliyat ko‘rsatgan.

Avvalgi logotip. Foto: AGMK FK

Toshkent viloyati jamoasiga 2004 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan asos solingan bo‘lib, ushbu korxona nomi bilan atalgan. 2009 yilda jamoa nomi «Olmaliq» bilan o‘zgartirilib, unga taniqli futbolchi Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. O‘sha mavsumda jamoa o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasi qayd etib, Oliy Ligada to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Jamoaning qayta nomlanishi va yangi logotipi Olmaliq kon-metallurgiya korxonasi tomonidan tasdiqlandi. Kelgusi mavsumdan boshlab jamoa futbolchilari qora-sariq Futbolkalarda maydonga tushadi, deyiladi xabarda.
O‘tgan mavsumda Toshkent viloyati jamoasi Oliy Ligada yettinchi o‘rinni band etdi.