O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 5 yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga tashrif buyurdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Zangiota tumanidagi «Highway Logistics» markazida tashkil qilingan bojxona bo‘limi, mavjud texnikalar, transport qatnovi va mahsulotlarni ortish hamda yetkazish tizimi bilan tanishib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yichazarur ko‘rsatmalar berdi.

Bu kabi logistika markazlarini har bir viloyatda tashkil qilish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Toshkent viloyatining eksport salohiyatini oshirish,2018−2019 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, charm-poyabzal sohasini rivojlantirish, chorvachilik, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Davlat rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.