Vazirlar Mahkamasi 29 dekabrdagi qarori bilan aholining maishiy ehtiyojlari uchun suyultirilgan gazga yagona chakana narx bosqichma-bosqich joriy etilishini tasdiqladi.
1 apreldan boshlab mazkur turdagi yoqilg‘ining bir kilogrami Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisi uchun 500 so‘m, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari uchun — 700 so‘m, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati uchun — 720 so‘m etib belgilandi.
1 avgustdan bir kilogramm suyultirilgan gaz narxi butun O‘zbekiston bo‘yicha bir xillashtirilib, 800 so‘mni tashkil etadi.

Norma.uz ma’lumotiga ko‘ra, avval, 1994 yil 1 oktyabrdan tabiiy gazni sotishda erkin narxlar qo‘llanilgan.

Hujjat O‘zbekiston Prezidentining «Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida hamda aholiga suyultirilgan gazni sotish va yetkazib berishda talon-tarojliklar va suiiste’molliklarni bartaraf etish maqsadida qabul qilindi.