Yangi yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 1961 go‘dak dunyoga keldi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Qayd etish joizki, 2016 yilda 726,2 ming go‘dak dunyoga kelgan bo‘lsa, ularning 43,9 ming nafari Toshkent hissasiga to‘g‘ri keladi. 2017 yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa bu ko‘rsatkich 523,6 ming nafarni tashkil etdi.