O‘zbekistonlik Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov professional boksda ringga ko‘tariladi, deya xabar qildi BoxingScene nashri.

Hozirda Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi, jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov Amerikaning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) yarim o‘rta vaznda (66,7 kg gacha) professional bokschi sifatida birinchi jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

24 yoshli bokschiga Ruslan Xusinov menejerlik qilmoqda. O‘zbekistonlik Jastin Gamber qo‘l ostida shug‘ullanmoqda. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, shogirdi jahon chempioni tituliga tezda o‘ta oladi.

«Bugun boksda havaskorlik tarixida yorqin iz qoldirgan ko‘plab sportchilar 15 tagacha professional jang bilan jahon chempioni tituli uchun kurash olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritmoqda. O‘ylaymanki, G‘iyosov ham ular safiga kiradi», — dedi u.

Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev yarim yengil vaznda (57,1 kg gacha) nokautlar qiroli bo‘lishni maqsad qilib qo‘ygan. Uning ham menejeri Ruslan Xusinov bo‘lib, professional janglarga Jastin Gamber qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘radi.

Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov erkin agent hisoblansada bir qancha promouterlik kompaniyalari qiziqish bildirmoqda.