4−5 yanvar kunlari Qamchiq dovonida havo o‘zgarib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 2−4 daraja sovuq, kunduzi 4−6 daraja sovuq tushadi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zgidrometga tayangan holda. G‘arbiy shamolning 7−12 m/s tezlikda esishi, 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

FVV favqulodda vaziyatlarga duch kelmaslik uchun kechki vaqtda Qamchiq dovoni orqali safarga chiqmaslik hamda ob-havo ma’lumotlariga aniqlik kiritishni tavsiya qildi.

Dovonda haydovchi va yo‘lovchilar qutqaruvchilar, shifokorlar va YHXB xodimlari kunu tun navbatchilik qilayotgan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi postlarga (postlar ro‘yxati) yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkin.

Qamchiq dovonidagi ob-havo to‘g‘risidagi axborotlar muntazam ravishda FVV saytida, vazirlikning Facebook'dagi sahifasi va Telegram-kanalida e’lon qilib borilmoqda.