O‘zbekistonda hukm surgan bir necha kunlik iliq ob-havoning yomonlashuvi kutilmoqda. FVVning O‘zgidrometga tayanib xabar berishicha, 4−5 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkazdan nam va sovuq havo massalarining kirib kelmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir, qor) yog‘ishi, havo haroratining kechasi 0…-5 darajagacha tushishi, kunduzi esa -3 dan +2…+7 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. G‘arbiy shamol 7−12 m/s (25−43 km/soat) tezlikda esadi.

Toshkentda 4 yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi +2…+4, kunduzi — +4…+6 daraja bo‘ladi. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. 5 yanvar kuni bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0…+2, kunduzi — +6…+8 daraja bo‘ladi. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi.

Qamchiq dovoni hududida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, haroratning −3…−8, kunduzi — 0…-5 darajagacha tushishi kutilmoqda. G‘arbiy shamol yo‘nalishini sharqdan o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esishi, 15−20 m/s (54−72 km/soat) gacha kuchayishi mumkin.

Barcha viloyatlar bo‘yicha to‘liq ob-havo ma’lumoti