30 dekabr kuni Toshkent viloyatidagi 4R6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 69 kilometrida yo‘l qatnov qismi ko‘chki oqibatida jiddiy zarar ko‘rganligi tufayli mazkur yo‘nalishda vaqtinchalik qatnov yopildi. Bu haqda O‘zbekiston FVVga tayanib Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ayni paytda eski aylanma yo‘l orqali yengil avtomobillar harakatiga ruxsat etilgan. Ob-havoning keskin o‘zgarishi, ushbu yo‘nalishda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi omillar, ya’ni texnik vositalar bilan to‘liq jihozlanmaganligi sababli mazkur yo‘lda avtobus va mikroavtobuslarning harakatlanishni cheklangan.