«O‘zavtosanoat» kompaniyasi 25 dekabr kuni Bishkekda «Qirg‘izistonda ishlab chiqarish taklif etilayotgan GM Uzbekistan yengil avtomobillari hamda «SamAvto» avtobuslari taqdimotini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, oktyabrda Qirg‘izistonda yengil va yuk avtomobillari, shuningdek avtobuslar va qishloq xo‘jaligi texnikalari yig‘ilishini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi.

Taqdimotda Ravon R2, Ravon Nexia R3, Ravon R4, Ravon Gentra avtomobillari, shuningdek SamAuto LE-60, Isuzu NP-21 va Isuzu HC-40 avtobuslari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston Investitsiyalarni harakatlantirish va himoya qilish agentligi rahbari Esenkul Momunkulov taqdimotda uning mamlakati hukumati erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha choralarni amalga oshirishi, avtomobil sanoati ko‘plab yondosh sohalarni rivojlantirgan holda multiplikativ hodisani yaratishini yaxshi anglashini ta’kidladi.