Davlat tibbiyot tashkilotlarining yordamchi bo‘linmalar (ovqatlanish bloklari, kirxona va boshqalar) faoliyatini ta’minlash hamda ayrim tibbiy xizmatlar bo‘yicha funksiyalari davlat-xususiy sektor hamkorligi asosida bosqichma-bosqich tadbirkorlik sub’ektlariga o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 29 dekabrdagi «Xususiy tibbiy tashkilotlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Shartnoma asosida laboratoriyalar, gemodializ bo‘limlari, sterilizatsiya bo‘limlari va boshqa tibbiy ixtisoslashuvlarni xususiy tibbiy tashkilotlarga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilab beradi.