O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar o‘tkazilishi bilan yodda qolgan 2017 yil ham yakunlanib bormoqda. Mamlakat rahbariyatining oqilona siyosati natijasida, tarixiy jihatdan qisqa bir davrda aholining dolzarb muammolarini tezkor hal qilishning aniq mexanizmlari joriy qilindi, iqtisodiyotga bozor munosabatlari tamoyillarini singdirishning real choralari ko‘rildi, yirik qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, xorijiy sarmoyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi korxonalarni tashkil etish, mavjud bo‘lgan korxonalarning rentabellik darajasini oshirish, yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda boshqaruv jarayonida zamonaviy innovatsion yondashuvlar qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida ishbilarmonlik va biznes uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

O‘z navbatida, «SFI Management Group» kompaniyasi amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holda, O‘zbekiston Respublikasini rivojlanishi va ravnaqi uchun munosib hissasini qo‘shmoqda.

Jumladan, bizning kompaniyamiz poytaxtning Sergeli tumani hududida joylashgan o‘ziga xos metall mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yagona korxona — Toshkent metallurgiya zavodi qurilishida faol ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, kompaniyamiz xalqning sevimli jamoasi bo‘lgan «Paxtakor» futbol klubini rivojlantirish maqsadida investitsion majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Ko‘rilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida «Paxtakor» futbol klubi O‘zbekiston chempionati yakunida turnir jadvalida 10 pog‘onadan yuqoriga ko‘tarilib, bronza medali sohibiga aylandi, shuningdek, OFK chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

«SFI Management Group» kompaniyasi Markaziy Osiyoda qora metall ishlab chiqaruvchi yirik korxona — «Uzmetkombinat» AJni davlat tomonidan ishonchli boshqaruvga jalb qilindi. Qisqa vaqt mobaynida kombinatda ishlab chiqarish, tashqi-iqtisodiy va investitsion jarayonlarda xalqaro boshqaruv standartlari tatbiq qilindi, korxonani boshqaruv tizimi va xom ashyo bilan ta’minlash ishlari maqbullashtirildi hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida savdo qilish yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumki, kirib kelayotgan 2018 yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilindi. Ishonamizki, kelgusi yilda biz yanada e’tiborli natijalarga erishamiz hamda O‘zbekiston xalqining ravnaqi yo‘lida barcha imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz.

Fursatdan foydalanib, «SFI Management Group» jamoasi barchangizni ushbu yorqin bayram bilan chin yurakdan tabriklaydi! Yangi yil sizlarga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar, yorqin tuyg‘ular, takrorlanmas lahzalar va yaxshiliklar olib kelsin! Muqaddas o‘zbek zaminida yashab va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barchaga uzoq umr, baxt-saodat, mustahkam sog‘liq va xotirjamlik tilaymiz!

Reklama huquqi asosida.