Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi yanvarda O‘zbekistonda avtomobillarga import bo‘yicha olib kelingan yonilg‘ilarni sotuvchi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ochadi.

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, yangi tarmoqda erkin tijoriy narxlarda Yevropa sifati va talablariga javob beruvchi Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 hamda dizel yonilg‘isini sotadi.

QK AYOQSHlar tarmog‘idan tashqari yonilg‘ilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomalari yoki birja savdolari orqali erkin tijoriy narxlarda sotadi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oxirida Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd dollarlik neftni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlangan edi. Qurilish ishlari 2021 yilda yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Zavodni iyunda «O‘zbekneftgaz» (QKdagi ulushi — 60 foiz) va Gas Project Development Central Asia (Gazprom International sho‘’ba tuzilmasi, 40%) ishtirokida tuzilgan Jizzakh Petroleum boshqaradi. «Gazprombank» guruhi tomonidan boshqariladigan Enter Engineering bosh pudratchi hisoblanadi.