O‘zbekistonliklar Yangi yilni quruq va iliq ob-havo sharoitida kutib oladi, yog‘ingarchiliklar kutilmayapti, deya xabar qildi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga.

Yangi yil kechasida Toshkentda harorat 2 daraja sovuq va 3 daraja iliq o‘rtasida bo‘ladi, 1 yanvar kunduzi esa 10−15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Shunday qilib, eng yuqori kunduzgi harorat ushbu kungi me’yordan 3−5 daraja yuqoriroq bo‘ladi.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi marta Yangi yil 2007 yil arafasida qorli bo‘lgan — qor Yangi yil oqshomida boshlanib, 1 yanvarda kun davomida yoqqan. 2015 yilda 2 yanvarda qor yoqqan bo‘lsa, 2014 yil arfasida esa o‘tayotgan yilning so‘nggi haftasida bir necha bor qor yog‘ishi kuzatilgan.

Sinoptiklar so‘nggi bir necha yil davomida o‘zbekistonliklar Yangi yilni bu safargidek yuqoriroq haroratda qarshi olganini ta’kidlashmoqda. 2015−2016 yillar arafasida kunduzgi harorat 17−19 darajagacha ko‘tarilgan.