27 dekabr kuni Sankt-Peterburgdagi (Rossiya) «Perekrestok» savdo markazida mahalliy vaqt bilan soat 18:30 atrofida portlash sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 10 kishi jabrlangan. Ular orasida 10.06.1857 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ivrikul Izbekovich Alikulov ham bor, deya xabar qildi mamlakat TIV Konsullik boshqarmasi.

Jabrlangan fuqaro Aleksandrovskiy nomli 17-sonli shahar kasalxonasiga yetkazilgan va unga shu yerda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, I. Alikulovning ahvoli barqaror og‘ir, ammo hozirgi paytda uning hayotiga tahdid yo‘q.

TIV Konsullik boshqarmasi Rossiyada Sankt-Peterburg hukumati bilan doimiy aloqada bo‘lib, jabrlanganga zarur yordamni ko‘rsatish bo‘yicha choralarni amalga oshirmoqda, deyiladi xabarda.