«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi siqilgan gazda harakatlanadigan 50 ta past polli MAN A22CNG avtobusini qabul qilib oldi. Katta sig‘imli ushbu avtobus lar Samarqanddagi JV MAN Avto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida yig‘ilgan.

QK matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2018 yilda O‘zbekiston poytaxtiga yana 110 ta, 2019 yilda esa 190 ta avtobus yetkazib beriladi.
MAN A22 CNG avtobusining uzunligi 12 metr bo‘lib, MAN shassisi bazasida ishlab chiqariladi. Yengil alyuminli kuzov yo‘l qoplamalariga kamroq bosim tushiradi va foydalanish muddatini uzaytiradi. Kuzovning kengligi esa 90 nafargacha yo‘lovchi tashish imkonini beradi.

E2876 dvigateli ekologik toza avtomobillarni takomillashtirish to‘g‘risidagi standartlarga javob berib, 310 ot kuchiga ega. Bir martalik to‘liq zaxira gaz bilan 380 km yo‘l bosadi.
Yangi texnologiyalar yonilg‘i sarfini 30−35 foizga qisqartirish imkonini beradi. Shuningdek mazkur avtobuslar havoga dizel yonilg‘ili avtobuslarga nisbatan 8 barobar kamroq qurum, 2,4 barobarыkam NO2 (dioksid azot) chiqaradi.