O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi «Rabota v Rossii» portalida «shaxsiy kabinet» ochdi. Bu haqda agentlik seshanba kungi taqdimotda ma’lum qildi.

«Shaxsiy kabinet» agentlikka Rossiya ish beruvchilari ro‘yxatiga kirish, ularga O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ishga joylashtirish bo‘yicha takliflarni yuborish imkoniyatini taqdim etadi.

Agentlik «shaxsiy kabinet» orqali Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmatiga O‘zbekiston fuqarolarini yollagan ish beruvchilarda yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot olish uchun so‘rovnoma, shuningdek mamlakat fuqarolariga nisbatan mehnat qonunchiligi buzilgani haqida axborot jo‘natishi ham mumkin.