26 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchayib, ba’zi hududlarga qorga aylanadi. 26 dekabr kuni respublika bo‘ylab shamol tezligi 17−22 m/s ga yetib, ayrim joylarda 24−29 m/s gacha kuchayishi mumkin.

«Toshkent-O‘sh» yo‘lining «Qamchiq» dovoni orqali o‘tgan qismida 26−27 dekabr kunlari qor yog‘ib, tuman tushishi natijasida ko‘rish masofasi 50−100 metrgacha qisqarishi, shamolning tezligi 22−25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Yo‘llarda qor uyumlari va muzlamalar paydo bo‘lish ehtimoli mavjud. 26 dekabrdan havoning keskin tushishi, 27−28 dekabr kunlari kechasi 10−15 daraja, kunduzi esa 5−10 darajagacha sovuq bo‘ladi.

O‘zgidromet sinoptiklarining qayd etishicha, beqaror ob-havo 26 dekabrda to‘liq, 27 dekabrda esa Toshkent viloyatining sharqiy tumanlari va Farg‘ona vodiysida hukmronlik qiladi. So‘ngra namlik kamayib, yog‘ingarchiliklar to‘xtashi, havo harorati esa asta-sekinlik bilan pasayib borishi kutilmoqda.