Vazirlar Mahkamasi 20 dekabr kuni O‘zbekiston Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. U Toshkentdagi O‘zbekiston Amaliy san’at muzeyi bazasida tashkil etiladi, deya xabar qildi Norma.uz.

2019 yil oxiriga qadar muzey binosi rekonstruksiya qilinib, yangi ko‘rgazmalar zali va ma’muriy bino qurilib, jihozlanadi.

2017−2018 yillarda «Asaka» va «Aloqabank» banklari teng ulushda 12 mlrd so‘m miqdorida homiylik mablag‘i ajratadi. Mazkur mablag‘lar hisobidan turar joylari buzilayotgan fuqarolarga tovon pullari ham to‘lanadi.