O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Filippinda vayronkor toshqin va yer ko‘chishi yuz berib, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Rodrigo Dutertega ta’ziya izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Tropik to‘fon keltirib chiqargan suv toshqinlari va yer ko‘chishi oqibatida Filippin janubida 240 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatning eng yirik oroli Mindanaoda istiqomat qilayotgan 52 mingga yaqin aholi vaqtinchalik boshpanalarda hayot kechirmoqda.