Yakshanba kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari saylovida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1,188 milliondan ziyodroq fuqaro yoki umumiy saylovchilarning 76,2 foizi ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Joriy saylovda saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxati axborot tizimi huquqiy eksperiment sifatida amalga oshirildi.

Yangi tizim bir saylovchining faqat bir ro‘yxatga kiritilishini ta’minlaydi. Saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxati saylovda ishtirok etayotgan saylovchilar sonini elektron tarzda hisoblab borish imkonini ham yaratadi.