23 dekabr kuni Jizzax shahrining «Mustaqillik» maydonida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir» shiori ostida «Armiya va yoshlar» nomli festival o‘tkazildi.

Jizzax viloyati hokimligi va Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan mamlakatimiz Qurolli Kuchlari salohiyati namoyishida viloyat aholisi bilan birga 10 mingga yaqin yoshlar ham ishtirok etdi.

Unda 800 nafarga yaqin harbiy xizmatchilarning harbiy orkestr sadolari ostida tantanali marsh bilan o‘tishi, qo‘l jangi va saf elementlarini namoyish etishi ko‘rsatildi. 50 dan ziyod harbiy-texnika va qurol-aslaha namunalari hamda harbiy ta’minotga oid ko‘rgazmalar, shuningdek, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashining texnik imkoniyatlari mamlakatimiz yoshlarini befarq qoldirmadi.

Festivalda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A. Saliyev va Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov ishtirok etishdi.

Foto