Transport vositasini (TV) texnik ko‘rikdan o‘tkazishda TV egasi yoki vakilining TVni boshqarishga layoqatliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma endilikda kerak bo‘lmaydi.

O‘zbekiston hukumatining 20 dekabrdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolardan talab qilinadigan ma’lumotlar va hujjatlar ro‘yxatini qisqartirishni ko‘zda tutgan qarori bilan tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatidan chiqarib yuborildi.