O‘zbekiston hukumati 20 dekabrdagi qarori bilan fuqarolar va biznes uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirdi.

Endilikda chet eldagi harakatlar uchun zarur bo‘lgan, xorijiy davlatlar organlari tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning, apostil qo‘yiladigan va belgilangan tartibda legallashtiriladigan, shuningdek, qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan holatlarda faqat hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari olinadi, ular davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi organ tomonidan tasdiqlanadi, asl nusxalari esa qaytarib beriladi.

Qaror ilovasida hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarni taqdim etish zarurligini bekor qiluvchi o‘zgartishlar kiritilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy aktlarning uzun ro‘yxati keltirilgan.

Jumladan, endilikda Toshkent shahri va viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yishni rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlarni notarial tasdiqlash talab qilinmaydi.

Boshqa misol: transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma imzolayotgan pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda fuqarolarning boshqa toifalariga sug‘urta mukofoti bo‘yicha 50 foizlik chegirmani rasmiylashtirishda hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab qilinmaydi.