19 dekabr kuni poytaxtdagi Sergeli servis va turizm kollejida Turizm laboratoriyasi ochildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Laboratoriya o‘quvchilarning mehmonxona nomeri, resepshn, restorani va boshqa infratuzilmalari maketidan foydalangan holda amaliyot o‘tashlari uchun tashkil etildi.

Loyiha Davlat turizm qo‘mitasi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirildi.

Bundan tashqari, 2018 yilda Buxoro turizm kollejida ham xuddi shunday laboratoriyani ishga tushirish bo‘yicha ishlar boshlangani xabar qilindi.