O‘zbekiston hukumati 19 dekabrdagi qarori bilan Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bazasida «O‘zbekiston havo yo‘llari» ehtiyojlari uchun «Aviakosmik injiniring» yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni maqsadli tayyorlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari"ning havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va aeroportlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha muhandislarga bo‘lgan talabini hisobga olgan holda 2017/2018 o‘quv yilida «Mashinasozlik texnologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatning uchinchi bosqichi bazasida 25 kishidan iborat talabalar guruhini tayyorlashga kirishiladi.

«Aviakosmik injiniring» yo‘nalishiga yillik qabul kvotasi Milliy aviakompaniyaning mutaxassislarga bo‘lgan talabi asosida belgilanadi.

Talabalar yangi yo‘nalish bo‘yicha «O‘zbekiston havo yo‘llari» korxonasi bazalarida malakaviy amaliyotni o‘taydilar.