Ekologik harakat vakillari uchun parlament quyi palatasiga kvota ajratilmaydi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga murojaatida. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

«O‘ylaymanki, barcha siyosiy kuchlar uchun teng sharoitlar yaratish va Ekologik harakat vakillari uchun kvota ajratishdan voz kechish vaqti keldi», - dedi davlat rahbari.

Prezident mazkur o‘zgarishlar siyosiy maydondagi sog‘lom raqobatni kuchaytirib, Ekologik harakatning alohida siyosiy kuch sifatidagi o‘rnini mustahkamlashini qo‘shimcha qildi.

Ekoharakatga Qonunchilik palatasida 15 ta deputat o‘rnini ajratish atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash va aholi salomatligini himoya qilish masalalarining dolzarbligi hisobga olingan holda 2009 yilda taqdim etilgan edi.