Bir kunda 15 mingdan ortiq UZ zonasi domenlari bitta registrator orqali ro‘yxatga olindi.

Domen zonalari administratori ma’lumotlariga ko‘ra, domenlar SUVAN NET kompaniyasi orqali ro‘yxatga olingan. Administrator saytining aniqlik kiritishicha, avval domenlarning yillik o‘sishi 5000 tadan oshmagan.

Bunday katta miqdordagi domenlarning ro‘yxatga olinishi SUVAN NET kompaniyasini qolgan registratorlar orasida birinchi o‘ringa chiqarib qo‘ydi - uning ulushi o‘tgan oydagi 12,5 foizdan (36 ming faol domenlarning 4500 tasi) 38,3 foizga (51,6 mingdan 19,8 mingtasi) o‘sdi.

Statistika barcha domenlar jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatga olingani va ularning aksariyati uch ramzli domenlardan iborat ekanini ko‘rsatmoqda. Uch harfli domenlarning jami soni 17,6 mingta yoki 34 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval esa ular soni 2641 ta yoki 7,2 foizni tashkil etgan.

Jismoniy shaxs qanday maqsadda minglab domenlarni ro‘yxatga olgani noma’lum.

Qayd etish joizki, UZ domenida domen nomlarini ro‘yxatga olish va ulardan foydalanish tartiblari to‘g‘risidagi nizomda kiberskvotting va domen grebbing taqiqlangan.