20 dekabr kuni Toshkent IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Tozalash-Antiterror» tadbiri jarayonida 4076 marta Yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etildi.

IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • xavfsizlik kamarlaridan foydalanish qoidalariga rioya etilmasligi — 1398 holatda;
  • odamlarni tashish qoidalarining buzilishi — 521 holat;
  • tezlikning me’yoridan oshirilishi — 302 holat;
  • transport vositasini boshqarish vaqtidan telefondan foydalanish — 66 holat;
  • svetoforning taqiqlangan signalidan o‘tish — 64 holat;
  • transport vositasini mast holatda boshqarish — 31 holat;
  • transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarish — 26 holat;
  • huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga bo‘ysinmaslik — 5 holat.

134 ta transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Bu kabi statistika IIBB tomonidan har kuni chop etilmoqda. Solishtirish uchun: YHXB inspektorlari tomonidan 18 va 19 dekabr kunlari mos ravishda 2359 va 2936 ta holat qayd etilgan edi.