Oliy Majlis Senati payshanba kuni bo‘lib o‘tgan 13-yalpi yig‘ilishda O‘zbekistonning Yaponiya va Gruziyadagi elchilarini tayinladi.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi lavozimiga bungacha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan G‘ayrat Fozilov tayinlandi.

Avval O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi bo‘lgan Sherzod Fayziyev mamlakatning Gruziyadagi elchisi lavozimiga tasdiqlandi.