Air Manas aviakompaniyasi (Qirg‘iziston) Bishkek-Toshkent-Bishkek yo‘nalishi ochilishi to‘g‘risida e’lon qildi. Reys 23 dekabrdan 2018 yil 24 martiga qadar haftada ikki marta chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali (uchish va qo‘nish, mahalliy vaqt)

  • Bishkek-Toshkent — 12:30−12:30
  • Toshkent-Bishkek — 14:00−16:05

Ekonom-klass chiptasi narxi bir tomonga 110 dollar atrofidani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdan Bishkekka «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy avikompaniyasi haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshirmoqda.

Qirg‘iziston Prezidenti Soorobay Jeenbekovning yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirigan tashrifida Toshkent-O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha aviaaloqani ochish imkoniyatlari muhokama qilingan edi.