“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 20-dekabr kuni ertalab kuchli tuman sababli yopilgan poytaxt aeroporti faoliyati qayta tiklanganini xabar qildi.

Noqulay ob-havo sharoiti vujudga kelgani munosabati bilan havo bandargohi Istanbul, Minsk, Sankt-Peterburg, Tel-Aviv, Bishkek va Rimdan reyslarni qabul qila olmadi. Samolyotlar “Samarqand” va “Navoiy” aeroportlariga yo‘naltirildi. Parij va Londondan kelgan reyslar, shuningdek Turkish Airlines samolyotlari ham zaxira aerodromlariga yo‘naltirildi.

Eslatib o‘tamiz, 16 va 17-dekabr kunlari ham tuman sababli reyslar parvozlarni amalga oshira olmagan edi.