2018-yil 1-yanvardan joylardagi davlat hokimiyati organlariga ta’lim va tibbiyot muassasalari uchun metallolom va qora metallar chiqindilarini yig‘ish va topshirish bo‘yicha vazifa yuklash taqiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18-dekabrdagi “2018-yilda metalllom tayyorlash, qora metall prokatini ishlab chiqish va iste’mol qilish to‘g‘risida"gi qarorida so‘z boradi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda o‘n yillar davomida mavjud bo‘lgan (biroq rasmiy organlar tomonidan tasdiqlanmagan, hattoki inkor qilingan) maktab o‘quvchilari va boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan metallolom topshirish amaliyotiga chek qo‘yilmoqda.