O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston temir yo‘l kompaniyalari “Toshkent-Ribache” yo‘lovchi poyezdi harakatini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi, deya xabar qildi “Kirgiz temir jolu” kompaniyasi.

Reyslar “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan 2018-yil yozida haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Bu haqdagi kelishuvga Qirg‘iziston Prezidentining yaqinda Toshkentda qilgan safarida erishilgan edi.

Ayni paytda poyezdlar jadvali va tariflarni shakllantirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.