20-dekabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ilk bor Toshkentda harbiy-vatanparvarlik aksiyasini tashkil etdi.

Tadbirga 6000 ga yaqin kishi tashrif buyurdi. 30 donaga yaqin qurol-aslaha va harbiy texnika namoyish etildi. Ko‘rgazmali chiqishlarda 250 nafar harbiy xizmatchi saf mashqlari qismlari hamda qo‘l jangi texnikalarini namoyish etdi.

Yig‘ilgan yoshlar o‘ziyurar artilleriya qurollari, bronetransportyorlar, harbiy avtomobillar, zenit uskunasi, merganlik vintovkasi va avtomatlar, granatomyotlar, minomyotlar va gaubitsalar bilan tanishdi.

Favqulodda vaziyatlar vaзирлиги ham texnik vositalar — suv va vayronalar ortida ishlash uchun qidiruv-qutqaruv jihozlari, radioaloqa uskunalari va optik vositalar, kimyoviy va radiatsion himoya uchun jihozlar va boshqalarni namoyish etdi.

Foto