AQSHning Vashington shtatidapoyezdning avtostradaga qulab tushishi oqibatida eng kamida uch kishi (ayrim manbalarda olti kishi) halok bo‘lib, o‘nlab yo‘lovchilar jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti Seattle Times gazetasiga asoslanib xabar qildi.

Jarohatlanganlar orasida poyezd yo‘lovchilari ham, qulagan vagonlar ostida qolgan avtomobillar haydovchilari va yo‘lovchilari ham bor. Jami 100 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Avariya dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 7:30 da Sietldan 80 km janubdagi Dyupont shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Temir izdan chiqib ketgan vagonlar Interstate 5 shossesiga qulagan.

Amtark operator kompaniyasi avariyaga duchor bo‘lgan tezyurar poyezd ilk bor Sietl va Portlend orasidagi yo‘nalishga chiqqan.

Hodisaga tezlikning me’yoridan ortishi sabab bo‘lgan. Poyezd ruxsat berilgan 30 mil/soat o‘rniga 80 mil/soat tezlikda harakatlanib kelgan.

Seattle Times xabariga ko‘ra, avariya munosabati bilan kompaniya Sietl-Portlend reysi chiptalari narxini ikki barobarga arzonlashtirgan.