20 dekabr kuni 12:00 da poytaxtdagi «Bunyodkor» stadioni yaqinida ilk bor harbiy-vatanparvarlik aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnikalar va front orti ta’minoti namoyishi bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Harbiy xizmatchilar harbiy mashg‘ulotlardan parchalar va qo‘l jangi elementlarini namoyish etadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda «Vatanparvar» sport klublari maxsus va texnik vositalari namoyishi ham bo‘lib o‘tadi.

Harbiy orkestr va milliy estrada yulduzlarining konsert dasturi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Mudofaa vazirligi barchani ushbu aksiyada ishtirok etishga taklif etadi. Kirish bepul.

Bu kabi tadbirlar O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramini nishonlash doirasida mamlakatning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi.