Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumaniga Ne’matulla Matkarimovich Xudaybergenov hokim etib tayinlandi. Yakshanba kuni To‘rtko‘lda bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi, deya xabar qildi tuman hokimiyati vakili «Gazeta.uz"ga.

Ne’matulla Xudaybergenov 1952 yilda TO‘rtko‘lda tug‘ilgan. 1974 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (1991 yil), «Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi» unvoniga ega, «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Qoraqalpog‘iston Joqorg‘i Kenesi deputati, O‘zLiDeP partiyasi a’zosi. 1999−2004 yillarda O‘zbekiston Oliy Majlis deputati bo‘lgan.

19 yil davomida (1998 yildan 2017 yilgacha) Qolaqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanini boshqargan. Joriy yil mayida Sirdaryo viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, avgustdan qayta tashkil etilgan Sirdaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

To‘rtko‘l tumanining avvalgi hokimi G‘ofurjon Xojiyev mazkur lavozimda 2015 yil martidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.