O‘zbekiston paralimpiya termasi 8−14 dekabr kunlari Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tgan III o‘smirlar Osiyo Para O‘yinlarida 28 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Musobaqada Osiyoning 30 davlatidan 800 ga yaqin paralimpiyachi sportchilar sportning 8 turi bo‘yicha ishtirok etdi.

17 nafar O‘zbekiston vakili 20 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Yaponiya (43−29−26), Eron (39−44−35) va Xitoy (27−9−5) yuqori uchlikni band etdi.