15−22 dekabr kunlari Al-Quvayt shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkaziladi, deya xabar qildi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Dastur asosida Quvaytda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi konsert dasturi bilan boshlanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston amaliy san’ati va fotoko‘rgazmalar taqdimoti, O‘zbekiston turistik salohiyati va madaniy obidalari taqdimoti, «O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor» nomli davra suhbati, xattotlik bo‘yicha master-klasslar o‘tkaziladi.