O‘zbekistonlik Roza Qo‘ziyeva 2−9 dekabr kunlari Meksikada pauerlifting bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

O‘zbekistonlik sportchi 55 kggacha vazn toifasida uch muvaffaqiyatli urinishda 108, 112 va 113 kglik shtangani ko‘tardi.

Meksikalik Amalia Peres 123 kg natija bilan birinchi, ukrainalik Mariana Shevchuk 122 kg bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada 71 davlatdan 500 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.