O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda uning joylardagi tizimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 1300 dan ziyod korrupsiya va iqtisodiyot asoslariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar aniqlangan. O‘zA xabariga ko‘ra, bu haqda Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida 9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan davra suhbatida ma’lum qilingan.
Mazkur jinoyatlar poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, valyuta qoidasini buzish, qalbaki pul yasash, talon-tarojlik hamda boshqa turdagi holatlar bilan bog‘liqdir. Tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijasida 374 ta guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar fosh etilib, jinoyat sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyatlar natijasida yetkazilgan moddiy zararning undirilishi ta’minlangan.