Bahodir G‘oyibnazarov Shayxontohur tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman ma’muriyatidan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi. Avval u Olmazor tumaniga rahbarlik qilgan.

Avvalgi hokim Odilxon Rustamov mazkur lavozimda to‘rt oyga yaqin muddat — iyuldan oktyabrgacha ishlagan. Noyabrdan u Toshkent viloyati hokimining sanoat, hududiy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Muqaddam «O‘zbekoziqovqatxolding"ni boshqargan.

Bugunga qadar Shayxontohur tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Shuhpat Sodiqov hokim vazifasini bajarib kelgan.

Bahodir G‘oyibnazarov (1970 yilda tug‘ilgan) -Toshkent davlat agrar universiteti va O‘zbekiston milliy universiteti bitiruvchisi.