Joriy yilning 11 oyi davomida Toshkent hududida 12,3 ming jinoyat qayd etildi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati shanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foiz kam demakdir. O‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida 2181 ta ko‘proq yoki 14483 ta jinoyat qayd etilgan edi.

IIBB bo‘linmalari yil boshidan buyon 957 marta tezkor qidiruv tadbirini o‘tkazib, 520 ta o‘g‘irlik, 224 ta firibgarlik, 20 ta og‘ir tan jarohatini yetkazish, 21 ta qotillik, 34 ta bosqinchilik hujumi, 50 ta talon-taroj, 24 ta bezorilik, 18 ta avtotransport vositalarini olib qochish va 46 ta boshqa jinoyatni aniqladi.

Tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida yil boshidan buyon 1959 nafar jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Yil boshidan buyon 723 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan deb topildi va ularning 530 nafari yashash joyiga qaytarildi.