O‘zbek ipak matolari - atlas va adrasni tayyorlash bo‘yicha qadimiy texnologiya YUNESKO tomonidan insoniy nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda BMT Radiosi xabar qildi.

Bu haqdagi qaror Nomoddiy madaniy merosni saqlash bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning Chejuda (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi.

Farg‘ona vodiysida joylashgan Marg‘ilon shahri qadimdan atlas va adras tayyorlash markazi bo‘lib kelgan. Bu yerda har yili «Atlas festivali» tashkil etiladi.