RIA Novosti — Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya termasini 2018 yiligi Janubiy Koreyadagi O‘yinlarda ishtirok etishdan chetlatdi. Qaror maxsus komissiya terma jamoaning Sochidagi Olimpiada vaqtida doping bilan tizimli manipulyatsiya qilgani haqidagi xulosasi asosida qabul qilindi.

Bundan tashqari, XOQ Rossiya Olimpiya qo‘mitasini diskvalifikatsiya qilib, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Vitaliy Mutko va sobiq sport vaziri Yuriy Nagorniyni bir umrga chetlatdi.

Doping iste’mol qilishda ayblanmagan sportchilar O‘yinlarda Olimpiya bayrog‘i ostida ishtirok etishi mumkin. Ularning ishtiroki to‘g‘risidagi qarorni maxsus komissiya qabul qiladi.