O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2700 nafar sudlanganlarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar qildi O‘zA.

Mamlakat tarixida ilk bor O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2700 nafar sudlanganlarni afv etish, jumladan, turli holatlarda jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga kirgan, turar-joyi hamda jazoni o‘tash muassasalarida ijobiy tavsif olgan 956 shaxsni jazoni o‘tash koloniyalaridan ozod qilish to‘g‘risida farmon imzolandi.

Afv etish to‘g‘risidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bag‘riga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega bo‘ladi.