Komil Allamjonov Prezident matbuot kotibi — O‘zbekiston Prezidenti Ijro apparati rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tayinlash to‘g‘risidagi farmon va Prezident matbuot xizmati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Komil Allamjonov (1984 yilda tug‘ilgan) — Davlat madaniyat va san’at instituti (2006) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010) bitiruvchisi.

2002−2004 yillarda O‘zbekiston FVV axborot xizmati bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan. 2004−2005 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati bosh mutaxassisi, 2005−2009 yillarda DSQ axborot xizmati rahbari v. b. — DSQ raisi matbuot kotibi bo‘lgan.

Komil Allamjonov Avtotest innovatsion avtomaktabi va boshqa loyihalar, jumladan «Soliq info» gazetasi, buxgalterlik faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha BEM dasturiy mahsuloti va boshqalar asoschisi sifatida tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil martidan avgustigacha Prezident matbuot xizmatiga Asadjon Xodjayev rahbarlik qildi.