18 yoshgacha zaif eshituvchilar o‘rtasida futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya jamoasiga qarshi final uchrashuvida irodali g‘alabaga (4:2) erishdi. Bu haqda Futbol federatsiyasi matbuot xizmat xabar qildi.

O‘yin davomida o‘zbekistonlik futzalchilar ikki marotaba hisobda ortda qolishdi, biroq ular nafaqat o‘yinga qayta olishdi, balki ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishning ham uddasidan chiqishdi.

24 noyabrdan 3 dekabrgacha Tailandda bo‘lib o‘tgan musobaqada Qozog‘iston, Indoneziya, Kuvayt, Tailand, Rossiya, Germaniya va Shvetsiya jamoalari ham ishtirok etdi.

Chempionat yarim finalida O‘zbekiston Indoneziya (17:2), Kuvayt (9:2) va Rossiyani (3:2 — video) mag‘lubiyatga uchratdi.