Dushanbeda «O‘ztreyd Tojikiston» savdo uyi bazasida «O‘ztreyd» kompaniyasi shourumi ochildi. Mazkur shourumda O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari tovarlarining keng nomenklaturasi taqdim etilgan, deya xabar berdi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Mahsulotlar nomenklaturasi tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, santexnika mollari, gipsdan tayyorlangan mahsulotlar, bo‘yoq va emulsiyalar, PVX quvurlari, pol uchun plintuslar va boshqa tovarlarni o‘z ichiga oladi.

«O‘ztreyd» bugungi kunga qadar savdo uyi manziliga jami 2,6 mln dollarlik tayyor mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalarini imzolagan.